Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining yangi rahbari Saida Mirziyoyevaga jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchi sifatida tayinlandi
Ushbu lavozimda u innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, so‘z erkinligini ta’minlash va mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash sohalarida ekspertlik yordamini ko‘rsatadi.
Foto: Prezident administratsiyasi
Oldinroq Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Komil Allamjonov 1984 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006 yili O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini, 2010 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2005–2013 yillarda Soliq qo‘mitasida ishlagan.
Komil Allamjonov 2017 yil dekabrida O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati rahbari bo‘lgan, 2018 yil noyabrida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga rahbar bo‘lgan (2019 yil fevralidan bu tashkilot Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi sifatida qayta tashkil etilgandi).
U 2020 yil yanvar oyida Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi vasiylik kengashi raisi sifatida ish boshlagan, 2022 yil iyulida prezident administratsiyasi rahbariga o‘rinbosar bo‘lgandi.
2023 yil avgustidan buyon Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari lavozimida ishlayotgan edi. O‘tgan yili u Axborot siyosati departamenti rahbari lavozimidan ozod etilgandi. Keyinroq u faoliyatini xususiy sektorda davom ettirishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:49 / 05.03.2026
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston ayol sudyalari assotsiatsiyasi tashkil etilgani bilan qutladi
10:01 / 27.02.2026
Saida Mirziyoyeva: Transport tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar boshlandi
18:33 / 07.02.2026
Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi
09:35 / 06.02.2026