Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taraqqiyot strategiyasining 2022 yilga oid qismi ijrosi uchun 16 milliard dollardan ortiq pul ajratiladi
Foto: Yuksalish
Bugun, 28 yanvar «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi. Bu haqda Yuksalish umummilliy harakati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, taraqqiyot strategiyasi 7 ta ustuvor yo‘nalish, 398 ta band hamda 100 ta maqsaddan iborat.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi xalq farovonligini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash va faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan yo‘nalishni qamrab olgan.
Strategiyani 2022 yilda amalga oshirishga oid Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlar uchun 55 trillion so‘m (taqriban 5,1 milliard dollar) va 11,7 milliard AQSh dollari ajratilishi nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
22:29 / 26.04.2022
ShHTning Pekindagi bosh qarorgohida Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi taqdimoti o‘tkazildi
08:29 / 29.01.2022
Jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi beriladi
13:54 / 23.01.2017