13:54 / 23.01.2017
19589

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi media-hafta muhokamasida

23-27 yanvar kunlari Toshkent shahrida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda. 

Muhokamalar besh yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi:

1. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari - 23 yanvar, dushanba; 
2. Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari - 24 yanvar, seshanba;
3. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari - 25 yanvar, chorshanba;
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari - 26 yanvar, payshanba;
5. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta'minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar - 27 yanvar, juma.

Media-haftada davlat hukumati organlari va ijtimoiy tashkilotlar vakillari, diplomatlar, ekspert va jurnalistlar ishtirok etishmoqda. 

Top