“2022–2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan 2022–2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

Dasturga köra, 2022 yilda davlat xizmatlarini rivojlantiriş maqsadida:

  • hujjatlarni beriş va almaştirişda, özaro boğliq davlat xizmatlarini murojaatni kutmasdan taklif etiş amaliyoti yölga qöyiladi;
  • “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasi orqali tuğilganlik töğrisida va haydovçilik guvohnomalari, şahodatnoma va diplom kabi hujjatlarni talab qiliş bekor qilinadi;
  • keksa va nogironlarga davlat xizmatlarini körsatiş soddalaştiriladi.

Qonun ustuvorligini ta’minlaş doirasida:

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga fuqarolik va ma’muriy işlar böyiça ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam körsatiş tartibi joriy etiladi;
  • qarori, harakati noqonuniy emasligini ma’muriy sudda isbotlaş majburiyati, uni qabul qilgan mansabdor şaxsning öziga yuklaş tartibi joriy etiladi;
  • harakatlaniş erkinligi çeklangan şaxslarni hisobga oliş böyiça yagona onlayn elektron reyestr yuritiladi.

Jazoni ötab bölgan fuqarolarga “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni beriş joriy qilinadi.

Uşbu tizimda tadbirkorlik, me’morçilik, hunarmandçilik böyiça aniq loyihalari bor şaxslarga bir martalik moddiy yordam beriladi.