22:29 / 26.04.2022
8927

ShHTning Pekindagi bosh qarorgohida Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi taqdimoti o‘tkazildi 

ShHT bosh kotibi Chjan Min O‘zbekistonning mintaqadagi taraqqiyot, tinchlik va barqarorlikka qo‘shayotgan hissasini yuqori baholadi. 

Foto: russian.cri.cn

ShHTning Pekindagi bosh qarorgohida Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda diplomatlar, ekspertlar va tadbirkorlar ishtirok etdi. 

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi, ShHT kotibiyati, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tomonidan tashkil etilgan tadbir qatnashchilari xitoy tilida nashr etilgan «Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi» kitobi bilan tanishtirildi. 

ShHT bosh kotibi Chjan Min O‘zbekistonning mintaqadagi taraqqiyot, tinchlik va barqarorlikka qo‘shayotgan hissasini yuqori baholadi. 

"Beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha besh yillik harakatlar strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirgan O‘zbekiston endi yetti yo‘nalishdan iborat "Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi"ni qabul qildi. O‘zbekiston ShHT doirasida xalqaro maydonda respublika nufuzini yuqoriga olib chiquvchi hamda transport, innovatsiya va raqamli taraqqiyot, madaniy va xalq diplomatiyasi borasida hamkorlikka xizmat qiluvchi ko‘plab tashabbus va takliflarni ilgari surmoqda", dedi Chjan Min. 

"O‘zbekiston va Xitoy xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xususan, BMT va ShHT doirasida sermahsul hamkorlik qilmoqda, biz xalqaro dolzarb masalalar bo‘yicha o‘xshash va yaqin qarashlarga egamiz. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi 30 yillik munosabatlar yuqorilab boruvchi va mustahkam tusga ega bo‘ldi", dedi O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Farhod Arziyev. 

Top