Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada notinch vaziyat: Rioda 9 ming harbiy jinoyatchilar bilan kurashga tashlanadi
Foto: TASC
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtatida tartibni saqlash ishlarida ishtirok etadigan harbiy xizmatchilar soni 9 ming kishini tashkil etadi. Bu haqda Janubiy Amerikadagi eng yirik davlatning mudofaa vaziri Raul Jungmann matbuot anjumanida xabar qildi.
"Biz qonun va tartibni saqlashni maqsad qilgan ogohlantirish amaliyoti doirasida 9 ming kishilik shaxsiy tarkibdan foydalanamiz", - deya aytib o‘tdi mahkama rahbari. Harbiy xizmatchilar ko‘chalarni seshanba kunidan boshlab qo‘riqlashni boshladi, 22 fevral kuni esa amaliyotni yakunlash yoki uni cho‘zdirish bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Rio-de-Janeyro shtatida 24 fevral kuni mashhur karnaval boshlanadi hamda unga millionga yaqin sayyoh kelishi kutilmoqda. Avvalroq gubernator Luis Fernandu Pezau federal hukumatga mintaqada armiya bo‘linmalarini ushbu bayram tugashiga qadar qoldirish haqida iltimos bilan chiqdi.
Kuni kecha esa Braziliya OAVlari mamlakat hukumati Rio-de-Janeyro shtati hududida jinoyatchilik bilan kurash uchun armiyadan foydalanishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi. Bunday qaror respublika prezidenti Mishel Temer va gubernator Pezau ishtirokidagi yig‘ilishda qabul qilindi. Bu maxsus yig‘ilish o‘tgan juma kuni hududda harbiy politsiya xizmatchilarining qarindoshlari ishtirokidagi norozilik namoyishidan so‘ng o‘tkazildi. Huquqni muhofaza qilish organlari vakillarining rafiqalari o‘nlab bo‘linma va kazarmalar eshiklarini to‘sib qo‘yib, hukumatdan erlariga oylik maoshlarni vaqtida to‘lashni talab qilishgan.
Norozilik namoyishi qo‘shni Espiritu-Santu shtatidagi aksiyadan so‘ng o‘tkazildi. Biroq u yerdagi aksiya ancha fojiali oqibatlarga olib keldi: politsiyachilarning yo‘qligi zo‘ravonlik va bosqinchilik holatlarini avj oldirdi hamda oxirgi to‘qqiz kunda 146 kishi halok bo‘ldi.
Rasman politsiyachilar aksiyani tashkil etishmagan bo‘lishsa-da, hukumatning fikricha, aynan huquqni muhofaza qilish organi xodimlari bu tashabbusni birinchi bo‘lib ilgari surishgan hamda uning g‘oyasini berishgan. Milliy qonunchilikka ko‘ra, harbiy politsiyachilar tomonidan o‘z vazifasini bajarmaslik “isyonda ishtirok etish” deb talqin qilinishi mumkin. Ushbu jinoyat esa 8 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishiga sabab bo‘ladi. Rio-de-Janeyrodagi politsiyachilarning qarindoshlari tomonidan tashkillashtirilgan norozilik namoyishlari seshanba kuni ham davom etdi, biroq huquqni muhofaza qilish organlari ishini butunlay to‘xtatib qo‘ymadi.
Rio-de-Janeyroda 2016 yilning avgustida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari duch kelgan asosiy muammolardan biri - aynan jinoyatchilikni yuqori darajasi edi. Megapolisda musobaqalar o‘tkazilgan paytda xavfsizlik choralari kuchaytirildi, bunga qisman harbiylar ham jalb etildi. Rio-de-Janeyro shtati hukumati qoshidagi jamoatchilik xavfsizligi institutining xabar berishicha, 2016 yil yakunlari bo‘yicha hududda o‘ldirilgan insonlar soni 2015 yil bilan taqqoslaganda 19,8 foizga oshgan. (4200dan 5033gacha). Bu 2009 yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Mavzuga oid
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
11:57 / 30.10.2025
Riodagi qonli reyd: qurbonlar soni 130 kishidan oshdi
10:11 / 30.10.2025
Braziliyada narkomafiyaga qarshi operatsiya: deyarli 120 kishi halok bo‘ldi
16:12 / 29.10.2025