28 oktyabr kuni Rio-de-Janeyroda şahar tarixidagi eng qonli politsiya amaliyotini ötkazdi. Amaliyot çoğida kamida 64 kişi halok böldi, ularning 4 nafari politsiya. Rio ştati hukumati seşanba kungi operatsiyani «Comando Vermelho» — «Qizil qömondonlik»tödasiga qarşi tarixdagi eng yirik reyd deb atadi.

Foto: Bloomberg

Halok bölganlarning qançasi politsiya nişonidagi töda a’zolari, qay qismi esa tasodifan halok bölgan fuqarolar ekani aniq emas.

Rio gubernatori Klaudio Kastro «narko-terroristik tuzilmalarga qarşi qat’iy turamiz», deya bayonot berdi. Uning aytişiça, operatsiya şaharning xalqaro aeroporti yaqinida, kambağal va ziç aholi yaşaydigan hududlar — Rio favelalarida ötkazilgan.

Foto: AFP

Riodagi Alemao va Penha favelalari — dengiz böyidagi tepaliklarda joylaşgan kambağal va ziç aholi yaşaydigan hududlar hisoblanadi.

«Seşanba kuni erta tongda osmonni tutun qoplagan — jangarilar zirhli maşinalar harakatini tösiş uçun avtomobillarni yoqib yuborgan, töxtovsiz otişmalar esa şahar manzarasi fonida yangragan», deydi guvohlardan biri Reutersʼga.

Foto: AFP

Politsiya tarqatgan videolarda gumondorlar politsiyaga qarşi granatalar bilan jihozlangan dronlardan foydalanayotgani aks etgan. Tasvirlarda şuningdek, qurollangan şaxslarning örmonzor tomonga qoçib ketayotgani körsatilgan.

Braziliya rasmiylariga köra, operatsiyada 2 500 nafar xodim iştirok etgan va ikki oydan ortiq vaqt davomida rejalaştirilgan.