Braziliya politsiyasi Rio-de-Janeyroda narkomafiyaga qarşi reyd ötkazdi, natijada 100 dan ortiq inson vafot etdi. Bu mamlakat tarixidagi eng qonli politsiya operatsiyasi hisoblanmoqda. Braziliya hokimiyati 119 kişining halok bölganini tasdiqladi. Advokatlar ma’lumotiga köra, halok bölganlar soni 130 dan oşişi mumkin.
“Qizil jamoa” bandasiga qarşi reydlar 28–29 oktyabr kunlari Rio-de-Janeyro şimolidagi Alemao va Penya favelalarida ötkazildi. Operatsiyada taxminan 2500 nafar kuçişlatar tuzilmalar xodimlari iştirok etdi.
Rio-de-Janeyro ma’muriyatining xabar qilişiça, 118 dona qurol, jumladan avtomatlar va portlovçi moddalar musodara qilindi. 113 kişi, şu jumladan 10 nafar ösmir qölga olindi.
Kelasi hafta Braziliyaning uşbu megapolisida BMT iqlim konferensiyasi doirasida tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Braziliya adliya vaziri Rikardo Levandovski qurbonlar qarindoşlariga hamdardlik bildirdi. Uning sözlariga köra, prezident Luis Inasiu Lula da Silva “qurbonlar sonidan juda qattiq iztirobda”.
BMT boş kotibi Antoniu Guterriş ham politsiya reydlari oqibatida kelib çiqqan qurbonlar sonidan qattiq xavotir bildirib, Braziliya hokimiyatini inson huquqlariga rioya qilişga va sodir bölgan voqeani tergov qilişga çaqirdi.
Reyd qoralangan bayonotlar bilan önlab huquqni himoya qiluvçi taşkilotlar, jumladan, xalqaro Amnesty International ham çiqiş qildi. Mahalliy aholi va advokatlar AFP agentligiga reyd paytida ayrim qölga olinganlar boşiga öq uzilib öldirilgani haqida xabar berdi.

















