Braziliya tarixida eng qonli politsiya amaliyoti oqibatida halok bölganlar soni 132 nafarga yetdi. Mahalliy aholining aytişiça, halok bölgan erkaklarning jasadlari Rio-de-Janeyroning çekkasidagi maydonga yotqizib qöyilgan. Amaliyotda begunoh odamlar ham otişmaga tuşgani borasida köplab savollar oçiq qolmoqda.
28 oktabr kuni Rio-de-Janeyroda şahar tarixidagi eng qonli politsiya amaliyoti ötkazildi. Rio ştati hukumati seşanba kungi operatsiyani «Qizil qömondonlik»tödasiga qarşi tarixdagi eng yirik reyd deb atagan. Birinçi kunda qurbonlar soni 64 kişi ekani, ularning 4 nafari politsiya xodimlari ekani aytilgandi.
30 oktyabrga kelib, qurbonlar soni ikki barobarga oşib, 132 nafarga yetgan. Aslida bugun ham aniq hisob noma’lum qolmoqda.
Mahalliy aholi vakillariga tayanib, New York Times'ning yozişiça, halok bölgan erkaklarning jasadlari Rio-de-Janeyroning çekkasidagi maydonda — bir safda yotqizilgan. Köplarining ust-boşi yeçilgan — bu qarindoşlarga ularni tanişni osonlaştiriş uçun qilingan. Tunda yaqin atrofdagi örmonzor hududidan yana önlab jasadlar topilgan.
Amaliyot qanday keçgani, begunoh odamlar ham otişmaga tuşganmi va ölimlar uçun kim javobgar ekani borasida köplab savollar oçiq qolmoqda. Rasmiylardan biri çorşanba kuni asosiy maqsad — töda rahbarini qölga oliş bajarilmaganini tan oldi.

Köplab aholi uçun fojianing birinçi belgisi seşanba kuni soat 3:30 atrofida itlarning vahimali hurişidan boşlangan. Oradan köp ötmay, internet va elektr uzilgan. Soat 5 ga yaqin, tong yorişişidan oldin esa öq ovozlari yangragan. Hududga 2 500 dan ortiq politsiyaçi, önlab zirhli maşinalarda bostirib kirgan. Ular «Qizil qömondonlik» deb ataluvçi yirik tödaga aloqador giyohvand sotuvçilarni qidirişgan. Havo ustida ikki politsiya vertolyoti aylanib yurgan.
Bu favqulodda qonli voqea Rio şahrini larzaga soldi — bu şahar jinoyatçilar va politsiya örtasidagi töqnaşuvlarga örganib qolgan bölsa-da, bunday miqyosdagi fojiani ilgari körmagan.

















