Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududida valyuta «qora bozori» endi keskinroq ta'qib qilinadi
Foto: KUN.UZ
5 sentabrdan e'tiboran respublikamiz hududida naqd valyuta bilan muomala qilish qonunga ko‘ra ta'qib qilinadi.
Ma'lumki, 2 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.
Farmon matniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd valyuta bilan noqonuniy muomala qilish va operatsiyalar o‘tkazishning oldini olish uchun amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi topshirilgan.
Soddaroq qilib aytilganda, O‘zbekistonda mavjud valyuta oldi-sotdisiga ixtisoslashgan «qora bozor»larga qarshi kurashish keskinlashadi.
Eslatib o‘tamiz, yangi farmonga ko‘ra jismoniy va yuridik shaxslarga tijorat banklarining konversion bo‘limlari orqali cheklanmagan miqdorda valyuta xarid qilish hamda sotish imkoniyati taqdim etilmoqda.
Bankdan xarid qilingan valyuta mablag‘lari konversion xalqaro plastik kartalarga o‘tkazib beriladi va undan faqat chet ellarda cheklovlarsiz foydalanish mumkin. O‘zbekiston hududida barcha hisob-kitoblar milliy valyuta — so‘mda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
07:30 / 08.01.2026
Yevropa valutalari xaritasi: eng qimmat valuta qaysi?
21:30 / 29.12.2025
2025 yil o‘zbek so‘mi uchun qanday o‘tdi?
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025