O‘zbekiston | 12:53 / 15.04.2021
1734
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda qarzdorligi tufayli 360 nafar shaxs va 324ta transport vositasiga qidiruv e'lon qilingan

Foto: KUN.UZ

MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi organlari tomonidan qarzdorligi mavjud 360 nafar fuqaroga nisbatan qidiruv e'lon qilingan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi qidiruv shu'basi tomonidan qarzdorligi mavjud 360 nafar fuqaro va ularga tegishli 324ta avtotransport vositasi qidiruvga berilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida oxirgi uch oyda fuqarolardan 99 nafari (9 nafari boshqa viloyatlardan) topilgan. Ulardan 96 nafari aliment bo‘yicha qarzdor bo‘lgan fuqarolarni tashkil etgan.

Davlat ijrochilari tomonidan ushbu fuqarolarning 22 nafariga ma'muriy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilib, qamoq jazosi qo‘llanilgan. 74 nafaridan 153,5 million so‘m qarzdorlik undirilgan.

Qidiruvga berilgan transport vositalaridan 119 tasi topilib, 250 million so‘m qarzdorlik undirilgan.

Mavzuga oid