MIB Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi organlari tomonidan qarzdorligi mavjud 360 nafar fuqaroga nisbatan qidiruv e'lon qilingan. Bu haqda MIB viloyat boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, MIB Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi qidiruv şu'basi tomonidan qarzdorligi mavjud 360 nafar fuqaro va ularga tegişli 324ta avtotransport vositasi qidiruvga berilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida oxirgi uç oyda fuqarolardan 99 nafari (9 nafari boşqa viloyatlardan) topilgan. Ulardan 96 nafari aliment böyiça qarzdor bölgan fuqarolarni taşkil etgan.

Davlat ijroçilari tomonidan uşbu fuqarolarning 22 nafariga ma'muriy javobgarlik masalasi körib çiqilib, qamoq jazosi qöllanilgan. 74 nafaridan 153,5 million söm qarzdorlik undirilgan.

Qidiruvga berilgan transport vositalaridan 119 tasi topilib, 250 million söm qarzdorlik undirilgan.