Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
110 ming dollar talab qilgan bank xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi
Toshkent viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MChJda soliq auditi natijasida aniqlangan 72 mlrd 956 mln so‘mlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni “tanishlar” orqali bartaraf qilib berish evaziga 110 ming AQSh dollari talab qilgan bank mansabdori tezkor tadbirda ushlandi.
Foto: DXX
Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, mamlakatdagi yetakchi tijorat banklaridan birining Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kelishilgan pul mablag‘idan 30 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:18
Dovon ortidagi qishloq: Chetsuvda bir kun
11:39 / 28.02.2026
“17 ming dollarga Isroilga yuboraman”: Samarqandda gumonlanuvchi ushlandi
17:53 / 27.02.2026
DXX Xalq banki xodimi ushlanganini aytdi. Bank buni rasman inkor etdi
14:19 / 27.02.2026