Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uyma-uy yordam va ijtimoiy aksiyalar: «Xalq bilan birga» dasturi qanday amalga oshiriladi?
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan ishga tushirilgan mazkur dasturdan maqsad aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, kambag‘allikka qarshi kurashish va ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatishdan iborat.
1 million xonadon uyma-uy o‘rganiladi
Dastur doirasida «Yurakka yo‘l» aksiyasi yo‘lga qo‘yiladi. Partiya faollari, deputatlar va hamkor tashkilotlar ishtirokida 1 milliondan ortiq xonadon holati tekshiriladi. Shu tariqa ehtiyojmand oilalar aniqlanib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilanadi.

Manzilli yordam ko‘rsatiladi
Dastur kam ta’minlangan oilalar uchun qator yordam choralarini nazarda tutadi:
§ oziq-ovqat, dori-darmon va zarur jihozlar bilan ta’minlash;
§ tibbiy ko‘riklar tashkil qilish;
§ yangi ish o‘rinlari yaratish;
§ kasbga o‘qitish va malaka oshirish.
Shuningdek, «Bir oila – bir homiy», «Yaxshilik marafoni», «Farovon oila», «Keksalarga mehr», «Salomatlik sari» kabi ijtimoiy aksiyalar ham amalga oshiriladi.

Sayyor qabul va mobil shtablar
Hududlarda 10 dan ortiq mobil shtab ishga tushiriladi. Ular orqali respublika bo‘ylab 200 dan ortiq sayyor qabullar tashkil etiladi. Fuqarolar murojaatlari tinglanib, muammolar joyida hal qilinishi, zarur hollarda qonunchilik takliflari ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Onlayn va interaktiv mexanizmlar
Dastur doirasida aholi bilan muloqotning zamonaviy usullari ham joriy etiladi:
§ Telegram-bot orqali onlayn so‘rovnomalar;
§ «Deputat bilan ochiq suhbat» onlayn platformasi;
§ «Sizning fikringiz biz uchun muhim» interaktiv loyihasi.

Dastur nazorati
Yig‘ilishda dastur ijrosini ta’minlashda jamoatchilik va parlament nazorati kuchaytirilishi ta’kidlandi. Ma’lum qilinishicha, hududlarda o‘tkaziladigan uyma-uy tekshiruvlar natijasida sistemali muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Mavzuga oid
14:05 / 06.03.2025
O‘zbekiston uchun xalqaro darajadagi 10 000 nafar moliya mutaxassisini qanday tayyorlash kerak?
20:00 / 11.09.2024
O‘zLiDep mehnat qonunchiligiga o‘zgartirish kiritish tashabbusi bilan chiqdi
20:09 / 12.09.2021
5 foizlik inflatsiya, 4 ming dollarlik daromad va 12 foizlik QQS – Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan iqtisodiy tezislar
17:37 / 09.09.2021