ÖzLiDep yetakçisi Aktam Xayitov qurultoy yakunida OAV vakillariga bergan intervyusida jamiyatdagi har bir qatlam uçun tizimli yondaşuv yölga qöyilişini ma'lum qildi.
Partiya yetakçisi saylovoldi dasturida inson manfaatlariga eng katta e'tibor qaratilgani haqida gapirdi.
“Konsepsiyaga köra inson qadri birinçi örinda turadi. Bizning davlatimizda muhtoj bölgan biror inson e'tibordan çetda qolmaydi. Aholini kambağallikdan çiqariş, yoşlarimizni öqitiş, ayollarimizga yordam körsatiş böyiça tizimli yondaşuv böladi.
Oldimizga qöyilgan maqsadlardan biri xalqimizga munosib yaşaş şaroitini yaratiş. Aholi jon boşiga yalpi mahsulot 4 ming dollarga yetkaziladi. 2016 yildan buyon uy-joy qurilişi 11 baravarga oşgan. Har bir oila öz boşpanasiga, öz uyiga ega bölişi davlat rahbarining oldiga qöygan vazifalaridan biri hisoblanadi” dedi Aktam Xayitov.
Partiya yetakçisi mehnat unumdorligi, sanoat işlab çiqariş, investitsiyalar hajmi, aholi real daromadlari, iş haqi oşirilişi yuzasidan erişilgan yutuqlar pandemiya davrida dunyoning sanoqli mamlakatlarida qayd etilganini ta'kidladi.













