Shavkat Mirziyoyev: Qirg‘iziston bilan So‘x va boshqa chegaralar masalalarini muhokama qilayapmiz
Namangan viloyati xalq deputatlarining navbatdan tashqari sessiyasi ishida davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. Tumanlardagi muammolar tahlil qilinayotgan bir paytda Chust tumani G‘ova qishlog‘idagi Qirg‘izistonga chegara o‘tkazish punkti haqida so‘z bordi.
“Nafaqat bu post, balki So‘x masalasini ham muhokama qilyapmiz. Qo‘shni, qardosh qirg‘iz xalqi, rahbariyati bilan shaxsan o‘zim muloqot qilib turibman. Mana, kuni kecha Tashiyev [Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i Qamchibek Tashiyev] janoblari chegara masalalari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
Bizning munosabatlarimiz besh yil avvalgiga qaraganda keskin farq qiladi. Bu masalalar ustida jiddiy ishlaymiz”, – dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
17:30
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024