Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ)ning sobiq raisi Qamçibek Taşiyev davlat töntarişiga uriniş böyiça jinoiy işda figurantga aylanganini ma’lum qildi.
«Menga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi yuzasidan bayonot beriş muhim, deb hisoblayman. Bu iş böyiça töliq yuridik himoyalaniş imkoniyatiga egaman, aybim yöq, oqlanaman», – degan u.
Taşiyev öz tarafdorlariga yuzlanib, «barçasi qonun doirasida bölişi lozimligi»ni qayd etgan: «Biror-bir ommaviy yoki boşqaça harakatlarga ehtiyoj yöq deb hisoblayman. Sizlardan men uçun qayğurmaslikni va xavotir olmaslikni sörayman», – deya qöşimça qildi u.
Avvalroq 24.kg naşri advokatlarga asoslanib, Taşiyev, şuningdek, sobiq boş prokuror (2022-2024) Kurmankul Zuluşev va parlamentning sobiq spikeri Nurlanbek Turğunbek uulu Içki işlar vazirligi boş tergov boşqarmasida söroq qilingani haqida xabar tarqatgandi. Ular davlat töntarişiga urinişda gumonlanayotgani aytilgan.
Qamçibek Taşiyev 2020 yil oktyabridan Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi lavozimida işlagan, 2026 yil 10 fevral kuni mamlakat prezidenti Sadir Japarov uni lavozimidan ozod etgan. Bu iste’fo qator jamoat arboblari va siyosatçilar mamlakat prezidentligi uçun navbatdan taşqari saylovlar ötkaziş taşabbusi bilan çiqişi ortidan röy bergandi. Öşanda tegişli murojaatni 75 kişi imzolagan. Keyinroq ulardan beş nafari qölga olinadi.
Prezident öz qarorini jamiyatdagi bölinişning oldini oliş istagi bilan izohlagan. Unga köra, nizo parlamentda çiqqan: u yerda deputatlarni taraflarga ajratiş, «general» bilan qörqitiş, keyin esa muddatidan oldin saylovlar ötkaziş uçun imzo töplaş boşlangan.
Taşiyevning iste’fosi ortidan hukumatda ham özgarişlar röy berdi. Xususan, Favqulodda vaziyatlar vaziri, Tabiiy resurslar va ekologiya vaziri, soğliqni saqlaş vaziri, şuningdek, Vazirlar mahkamasi raisining ikki örinbosari işdan ketdi. Parlament spikeri Nurlanbek Turğunbek uulu esa avvaliga lavozimini tark etdi, keyinroq deputatlik mandatini ham topşirdi.
Aprel oyi örtalarida Qirğizistonda Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi sobiq örinbosarlari Timur Şabdanbekov va Daniel Risaliyev qölga olindi. Ular mansab vakolatini suiiste’mol qiliş va korrupsiyada gumonlanmoqda. Har ikki mulozim Taşiyev işdan böşatilganidan söng öz lavozimini tark etgandi.
28 aprel kuni Sadir Japarov Kaktus.media uçun bergan intervyusida Taşiyevning davlat töntarişiga urinişga aloqasi bor yoki yöqligini tergov va sud belgilaşini aytib ötdi.












