Jahon | 14:27 / 21.03.2021
6457
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada so‘nggi 50 yil ichidagi eng kuchli suv toshqini sodir bo‘ldi

Qutqaruv xizmatlari yuzdan ortiq uy zarar ko‘rganini aytmoqda, shtatdagi yirik yo‘llar yopilgan, maktablarda o‘qish to‘xtatilgan.

Tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi natijasida Avstraliyaning sharqiy qismida so‘nggi 50 yil ichidagi eng kuchli suv toshqini sodir bo‘ldi.

Yangi Janubiy Uels shtati bosh vaziri Gledis Berejiklyan vaziyat ilgari kutilganidan ancha yomon ekanligini aytdi.

"Biz bunday holat 20 yilda bir marta bo‘lishiga umid qilgandik, ammo bunaqasi 50 yilda bir marta yuz beradi", – dedi Berejiklyan.

Sidney shahrining ayrim rayonlaridagi aholiga uylarini tark etish tavsiya qilindi, chunki suv oqimi vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi. Mingga yaqin kishi evakuatsiya qilishlarini so‘rab murojaat qilgan, yana 4 ming kishi uylarini tark etishga majbur bo‘lishi mumkin.

 Qutqaruv xizmatlari yuzdan ortiq uy zarar ko‘rganini aytmoqda, shtatdagi yirik yo‘llar yopilgan, maktablarda o‘qish to‘xtatilgan.

 Meteorologlar yog‘ingarchilik yana bir necha kun davom etishini xabar qilmoqda.

Mavzuga oid