Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migratsiya agentligi fuqarolarni xorijda ishga joylash vakolatiga ega bo‘lmagan tashkilotlar bilan shartnoma tuzmaslikka chaqirdi
Xorijda ishlash istagidagi fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida mamlakatda 2018 yildan xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga ruxsat berilgan.
Foto: Getty Images
Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha litsenziyaga ega XBA axborot va maslahat xizmatlari uchun BHM bir baravaridan, ya’ni 300 ming so‘mdan ko‘p pul olishi mumkin emas.
Chet ellik ish beruvchi va hamkori bilan shartnomalar tuzmasdan, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi hamda ushbu shartnomalar XBA saytida joylashtirilishi lozim.
O‘tgan davr mobaynida XBA reyestridan 114 ta yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, hozirgi kunda ulardan 9 tasi (shundan 2 tasi litsenziyasi vaqtinchalik to‘xtatilgan) fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega.
“Shu munosabat bilan, xorijda ishga joylashtirish vakolatiga ega bo‘lmagan tashkilotlar yoki shaxslarga ishonmaslikka, turli ko‘rinishdagi shartnomalarni tuzmaslikka va to‘lovlarni amalga oshirmaslikka chaqiramiz. Xorijda ish taklif qilayotgan tashkilotlar litsenziyasi borligiga ishonch hosil qiling. Shartnoma tuzayotganda, uning shartlarini o‘qib, to‘liq tushunib imzo qo‘ying. Agar XBA bilan nizoli vaziyatlarga duch kelsangiz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliga murojaat qilishingiz mumkin. 71 239-41-21 (ichki raqam 236) va 71 200-06-00”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:31 / 25.12.2025
Moskvaga hozircha migrantlar kerak – mer Sobyanin
16:54 / 25.12.2025
6000 funt oylik, qalbaki taklifnoma va g‘oyib bo‘lgan «menejer». Soxta ish e’lonlari ortidagi firibgarlik sxemasi
22:34 / 24.12.2025
Moskva aeroportlarida biometriya topshirgan migrantlarning 10 foizi Rossiyaga kiritilmadi
22:47 / 21.12.2025