O‘zbekiston | 13:01 / 16.02.2017
39531
2 daqiqa o‘qiladi

«Lukoyl»: O‘zbekistondagi AYoQShda sotiladigan yoqilg‘i narxlari haqidagi ma'lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

«Lukoyl»ning O‘zbekistondagi ilk avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotiladigan yoqilg‘i narxlari belgilangani haqidagi xabarlar inkor etildi. Bu haqda kompaniya O‘zbekistondagi vakolatxonasi Facebook’dagi sahifasi orqali ma'lum qilgan. 

«Do‘stlar, LUKOIL AYoQSh faoliyatiga bildirgan qiziqishingiz uchun minnatdormiz. Shoxobchada sotiladigan yoqilg‘i narxlari haqidagi ma'lumot esa haqiqatga to‘g‘ri kelmasligiga e'tibor qaratamiz. To‘liq va ishonchli ma'lumotni faqat bizning www. Facebook.com/LUKOILUz sahifamiz orqali bilishingiz mumkin. Yangiliklarimizni kuzatib boring», — deyilgan xabarda. 

Bundan oldinroq  kompaniya O‘zbekistonda ochayotgan ilk AYoQShda A-92 benzini 1 litri uchun 3 000 so‘m, A-95 benzini 1 litri uchun 3 200 so‘m, dizel yoqilg‘isi 1 litri uchun esa 2 800 so‘m narxlar belgilangani haqida xabar paydo bo‘lgandi.

O‘zbekistonda «Lukoyl»ga qarashli birinchi AYoQSh Toshkentning Yashnobod tumanidagi Temur Malik ko‘chasida ochilishi kutilmoqda. Kompaniya O‘zbekistonda jami 50ta yoqilg‘i quyish shoxobchasini barpo qilishni rejalashtirgan.

«Lukoyl» O‘zbekistondagi ilk AYoQShi haqida ba'zi tafsilotlarni oshkor qildi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid