O‘zbekiston | 00:06 / 10.02.2017
44230
2 daqiqa o‘qiladi

"Lukoyl" O‘zbekistonda 50 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasini barpo qiladi

"Lukoyl" kompaniyasi O‘zbekistonda 50ta AYoQSh quradi, biroq u hali hukumat tomonidan tasdqilanishi kerak. Bu haqda Life nashri xabar berdi. 

Kompaniya 2016 yilning noyabrida Toshkent shahrida ilk avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasini (AYoQSh) qurgan. Manbaga ko‘ra, yoqilg‘i Rossiyadan yetkazilgan.

Ma'lumotlarda ta'kidlanishicha, "Lukoyl" O‘zbekistonda  umumiy hisobda 50 ta AYoQSh ochishni rejalashtirgan. Biroq yoqilig‘ini Rossiyadagi neftni qayta ishlovchi zavodlardan mahalliy nuqtalarga yetkazishning o‘zi juda qimmatga tushadi. Mahalliy AYoQShlarda yoqilg‘i xaridi ham xuddi shunday. 

Yoqilg‘ini Qozog‘iston orqali quvurda o‘tkazish varianti ko‘rib chiqilmoqda. 

Xabarda yozilishicha, "Lukoyl" bunga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Buning uchun "O‘zbekneftgaz" bilan tolling sxemasi bo‘yicha neftni yoqilg‘iga aylantirish va yetkazib berish to‘g‘risidagi dastlabki bitimlar imzolangan. 

Biroq manbada ta'kidlanishicha, Energetika vazirligi, "Lukoyl" va "O‘zbekneftgaz" vakillari nashrning savollarini javobsiz qoldirishgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid