O‘zbekiston | 11:20 / 03.02.2020
22023
2 daqiqa o‘qiladi

2020 yilning birinchi oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi necha foizga ko‘tarilgani ma'lum bo‘ldi

2020 yilning birinchi oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 1,0 foizga ko‘tarildi.

Foto: Fotolia / Gina Sanders

Davstatqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan oydagi mos ko‘rsatkichga nisbatan 2,3 darajaga kam demakdir.

2019 yilning yanvarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oy davomida 2,8 foizga qimmatlashgan.

Kuzatilayotgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari guruhi orasida oy davomida meva-sabzavot (3,9 foiz) va tuxum (3,0 foiz) narxlari boshqa mahsulotlarga nisbatan yuqori darajada oshdi.

2019 yilning yanvar oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlaridan mevalar, sabzavotlar va kartoshka (8,3 foiz), sut mahsulotlari (3,2 foiz) narxlari boshqa guruhdagi narxlarga nisbatan sezilarli darajada oshgandi.

Boshqa mahsulotlardan (yorma va dukkaklilarni qo‘shgan holda) grechka (2,9 foiz), loviya (1,4 foiz) va bug‘doy uni (0,8 foiz) narxlari sezilarli darajada oshdi. Shu bilan bir qatorda, oqshoqni hisobga olgan holda guruch narxlari 0,6 foizga arzonlashdi.

Joriy yilning yanvar oyida tuxum narxlari 3,0 foizga oshganligi o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan 1,7 darajaga ko‘p demakdir.

2020 yilning yanvar oyida yog‘-moy mahsulotlaridan sariyog‘ 0,6 foiz, margarin, shuningdek, hayvon yog‘lari 0,4 foizga qimmatlashdi. O‘simlik yog‘i narxlari oldingi oy darajasida o‘zgarishsiz qoldi.

Mavzuga oid