Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026 yil 1 yanvar holatida mamlakat böyiça har 1 000 nafar ayolga 1 015 nafar erkak töğri kelgan.
Hududlar kesimida bu borada eng yuqori körsatkiç Namangan viloyatida kuzatilib, u yerda har 1 000 nafar ayolga 1 034 nafar erkak töğri kelgan.
Şuningdek, yuqori körsatkiçlar Qaşqadaryo viloyatida — 1 029 nafar, Andijon viloyatida — 1 027 nafar, Navoiy viloyatida — 1 026 nafar va Surxondaryo viloyatida — 1 025 nafarni taşkil etgan.
Jizzax va Farğona viloyatlarida bu körsatkiç 1 019 nafardan, Samarqand viloyatida 1 016 nafardan iborat bölgan.
Qoraqalpoğiston Respublikasida har 1 000 nafar ayolga 1 010 nafar erkak, Sirdaryo viloyatida 1 009 nafar, Toşkent viloyatida 1 008 nafar, Buxoro viloyatida 1 006 nafar va Xorazm viloyatida 1 004 nafar erkak töğri kelgan.
Toşkent şahri esa röyxatda eng past körsatkiç qayd etilgan hudud bölib, poytaxtda har 1 000 nafar ayolga 966 nafar erkak töğri kelişi ma’lum qilingan.
Özbekistonda ayollarga nisbatan erkaklar soni köproq - statistika
2026 yil boşi holatiga köra, Özbekistonda har 1 000 nafar ayolga örtaça 1 015 nafar erkak töğri kelmoqda. Eng yuqori körsatkiç Namangan viloyatida qayd etilgan.












