Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonobod shahri «Vodiy turizm maskani»ga aylantiriladi
Andijon viloyatida keyingi besh yilda xizmat ko‘rsatish sohasida 80 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratiladi va xizmatlar hajmi 3 barobar oshadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Bo‘ston, Shahrixon, Asaka, Oltinko‘l, Andijon, Xo‘jaobod tumanlari hududlaridan o‘tgan xalqaro avtomagistral bo‘yida 160 ta xizmat ko‘rsatish va savdo obektlari tashkil etish hisobiga 1,5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Viloyatda keyingi besh yilda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida, 25 ta mehmonxona, 60 ta ko‘ngilochar va dam olish maskanlari tashkil etiladi. Masalan, Xonobod shahrida “Afsona – 2” dam olish maskani, Shahrixon tumanida “Hunarmandlar markazi” tashkil etiladi.
Xonobod shahrini “Vodiy turizm maskani”ga aylantirish uchun, Kampirravot mahallasida bo‘sh turgan 66 gektar maydonda “Sun'iy ko‘l” va dam olish maskani barpo etiladi. Bu yerda kamida 800 ta ish o‘rni tashkil etiladi, yiliga 300 ming nafar aholining dam olishi uchun imkoniyat yaratiladi. Ushbu maskanning infrastrukturasi davlat hisobidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, Xo‘jaobod tumanidagi “Imom ota” turizm qishlog‘i doirasida 20 ta oilaviy mehmon uyi va ekoturizm dam olish maskani tashkil etiladi.
Bularni amalga oshirish uchun, alohida dastur ishlab chiqilib, xorijiy turistlar sonini kamida 15 ming, mahalliy sayyohlarni 1,4 million nafarga yetkazish choralari ko‘riladi.
Umuman olganda, kelgusi besh yilda Andijon viloyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish uchun davlat hisobidan 40 trillion so‘m ajratiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
09:42 / 14.02.2026
2025 yilda sabzavot yetishtirishda Andijon viloyati yetakchi bo‘ldi
09:19 / 14.02.2026
Andijonda 1 mln dollarlik “mefedron” narkolaboratoriyasi fosh etildi
10:11 / 13.02.2026
Andijonda tadbirkorni qotil yollab o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi – DXX
22:24 / 12.02.2026