Milliy statistika qömitasi e’lon qilgan dastlabki ma’lumotlarga köra, 2025 yilda respublika böyiça sabzavot yetiştiriş hajmi 13,7 mln tonnani taşkil etdi. Qayd etilişiça, mazkur körsatkiç 2024 yilga nisbatan 1,2 foizga yuqori.
Hududlar kesimida eng katta uluş Andijon viloyati hissasiga töğri kelib, viloyatda 2 089 165 tonna sabzavot yetiştirilgan. Keyingi örinlarda Samarqand (1 686 136 tonna) va Farğona (1 616 016 tonna) viloyatlari qayd etilgan.
Şuningdek, Surxondaryo viloyatida 1 451 656 tonna, Toşkent viloyatida 1 378 833 tonna, Buxoro viloyatida 1 190 463 tonna va Namangan viloyatida 1 163 885 tonna sabzavot yetiştirilgan.
Qolgan hududlarda sabzavot yetiştiriş hajmi quyidagiça: Xorazm — 737 123 tonna, Qaşqadaryo — 663 909 tonna, Jizzax — 559 047 tonna, Qoraqalpoğiston — 419 043 tonna, Navoiy — 413 048 tonna, Sirdaryo — 352 921 tonna. Toşkent şahri böyiça esa 1 557 tonna sabzavot yetiştirilgan.
















