Sport | 16:10 / 24.09.2017
7997
1 daqiqa o‘qiladi

Frantsuz poygachisi trisiklda yarim soniyada 100 km/s tezlikni qayd etdi

Fransiyalik poygachi va ixtirochi Fransua Jisi o‘zi ishlab chiqargan trisiklda yarim soniyada 100 kilometr/soat tezlikni qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. 

Jisining rekordi tasvirga tushirilgan kadrlar ilgari "Formula-1" poygalari uchun foydalanilgan Pol Rikar avtodromida olingan. 

Ma'lum qilinishicha, Jisi gazlangan suv shishasi tamoyilini qo‘llagan: uni silkitib ochilsa, suv favvora kabi otilib chiqadi. Poygachi shu tariqa harakatlanish vositasiga uskunani o‘rnatib, uni suv va siqilgan havoga to‘ldirdi. 

Eng katta tezlik soatiga 261 kilometrni tashkil qildi, keyin esa trisikl sekinlasha boshladi. 

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid