Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AKFA Universiteti bakalavr yo‘nalishida 10 dan ortiq zamonaviy o‘quv dasturlarini taklif etadi
O‘zbekistondagi birinchi xususiy oliy ta'lim muassasasi – AKFA Universiteti bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy o‘quv dasturlarini taklif etadi.
Universitet quyidagi ta'lim yo‘nalishlarini taklif etadi:
- Pre-medicine fakulteti (yillik to‘lov narxi 42 mln so‘m; ikki yillik ta'lim yakunlanganidan so‘ng bitiruvchilar tibbiyot, farmatsevtika yoki stomatologiya fakultetlaridan birida tahsil olishni davom ettiradilar);
- Tibbiyot fakulteti (58 mln so‘m);
- Farmakologiya fakulteti (42 mln so‘m);
- Stomatologiya fakulteti (42 mln so‘m);
- Hamshiralik ishi fakulteti (20 mln so‘m);
- Buxgalteriya va moliya fakulteti (29 mln so‘m);
- Iqtisodiyot bo‘limi (27 mln so‘m);
- Amaliy matematika fakulteti (24 mln so‘m);
- Ingliz tili fakulteti (24 mln so‘m);
- Qurilish fakulteti (27 mln so‘m);
- Arxitektura va dizayn fakulteti (27 mln so‘m);
- Kompyuter muhandisligi fakulteti (27 mln so‘m);
- Dasturiy ta'minot muhandisligi fakulteti (27 mln so‘m).

Hamshiralik ishi bo‘yicha yangi fakulteti talabalari to‘rt yil ta'lim oladilar. Bu yo‘nalishlarga talabalar umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi. Bitiruvchilar o‘rta maxsus ta'lim bo‘yicha diplomni qo‘lga kiritadilar. Shu bilan birga, oliy ma'lumotli bo‘lish istagi bor bitiruvchilar AKFA Universitetining tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha istalgan fakultetiga hujjat topshirishlari va 3-bosqichdan ta'lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bizning barcha ta'lim dasturlarimiz dunyoning 1000 ta yetakchi universitetlari qatoriga kiritilgan xorijlik sheriklarimizning o‘quv dasturlariga asoslanadi. Ta'lim ingliz tilida olib boriladi.

AKFA Universitetining maqsadi – O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda yetakchi universitetga aylanish. Maqsadimizga erishish uchun biz talabalar va xodimlarimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan zamonaviy talabalar shaharchasini yaratmoqdamiz.
AKFA Universitetiga o‘qishga kirishni istagan abituriyentlar uchun biz tayyorgarlik kurslarini taklif etamiz. Kurslarga quyidagi havola orqali ro‘yxatga o‘tish mumkin: cutt.ly/vkoyRov

Agar siz muvaffaqiyatli mutaxassis bo‘lishni istasangiz, AKFA Universitetining ta'lim dasturlarini tanlang. Faoliyatingizni biz bilan boshlang!
Qo‘shimcha ma'lumot uchun:
Manzil: Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li, 17
Telefon: +998 71 200 01 23
Veb-sayt: www.akfauniversity.org
E-mail: [email protected]
Telegram: @akfauniversity / @akfaunibot
Facebook: fb.com/akfauniversity
Instagram: @akfauniversity
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:00 / 27.06.2023
Markaziy Osiyoda ta’limning yangi davri: AKFA universiteti Central Asian University (CAU)ga o‘zgartirildi
16:50 / 16.06.2023
AKFA universitetida grant olish imkoniyatlari: muvaffaqiyatli ta’lim uchun moliyaviy yordam
20:00 / 21.04.2021
AKFA Universiteti Times Higher Education Impact Ranking reytingiga kirdi
12:00 / 11.03.2021