Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maxsus dizaynli AKFA isitish radiatorlari: dekorning yangi funksional elementi
Maxsus dizayn radiatorlari sizning uyingizni isitish uchun zamonaviy va qulay yechimdir.
Har yili O‘zbekistonda o‘nlab zamonaviy uy-joylar va tijorat binolari barpo etilmoqda, ularning tashqi qiyofasi o‘ziga xosligi va kompozitsion yechimlarning murakkabligi bilan ajralib turadi. Tendensiyalar nafaqat fasad shaklida, balki binolarning ichki qismida ham jadal o‘zgarib bormoqda. Oddiy binolarning zerikarli shakllari o‘tmishga aylanib, ularning o‘rnini ommabop xay-tek, modern va loft egallayapti. Endi, uydagi har bir funksional detal dekorativ elementga aylanmoqda. Ichki dizayn o‘zaro uyg‘un ko‘rinish kasb etishi uchun – eshik tutqichlaridan tortib isitish radiatorlarigacha har bir detal puxta o‘ylab chiqilishi muhimdir.
Maxsus dizayn radiatorlari ichki dizayndagi yangi tendensiya. Standart va bir xil turdagi batareyalar ko‘pincha zamonaviy dizaynga mos kelmaydi va asta-sekin o‘z dolzarbligini yo‘qotib borib, zamonaviy dizayn modellariga yo‘l bermoqda. Ular nostandart shakllar, ranglarining keng palitrasi bilan ajralib turadi va xonaga imkon qadar ko‘proq o‘ziga xoslik baxsh etadi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchi AKFA kompaniyasidan – Caliente dizayn radiatorlari sizning uyingizni isitish uchun zamonaviy va shu bilan birga funksional yechimdir. Caliente seksiyali alyumin radiatorlari – bu, O‘zbekiston bozorida isitish sohasidagi eng so‘nggi ishlanmadir. Radiatorlar maxsus aerodinamik dizayni va zamonaviy uslubdagi ranglar turfa xilligi bilan ajralib turadi – klassik oqdan xushbichim qora ranggacha.

Caliente dizayn radiatorlari nafaqat go‘zal, shuningdek, qulay hamdir. Bunday radiator ishlab chiqarilgan alyuminiyning yuqori issiqlik o‘tkazuvchanligi tufayli, 200 Vt issiqlik berishga qodir. Bu cho‘yan radiatorlarning issiqlik berish xususiyatidan deyarli 2 baravar ko‘proqdir. Bunday quvvat hatto qattiq sovuqda ham kvartiradagi havo haroratini 18-22 darajagacha isitishga imkon beradi. Radiatorlarning sifati va ishonchliligi maxsus 10 yillik kafolati bilan tasdiqlangan.
Premium-toifadagi mazkur radiator, shuningdek, korroziyaga qarshi qoplama va yaxshilangan konveksiya xususiyatlariga ega. Radiatorlarning yuqori sifati va ishonchliligi 10 yillik kafolat taqdim etilishi bilan tasdiqlangan.
Zamonaviy dizayndagi AKFA radiatorlari – bu, nafaqat an'anaviy radiatorlardir. Endi bu, o‘zida funksionallik va estetikani uyg‘unlashtira olgan intererdagi qo‘shimcha zamonaviy ichki detal.
Caliente maxsus dizayn radiatorlari haqida batafsil ma'lumotni yagona aloqa markazidan: +99871-203-00-00 yoki kompaniya saytidan olish mumkin.
Facebook: fb.com/akfacomfort
Instagram: @akfa_comfort
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:00 / 27.06.2023
Markaziy Osiyoda ta’limning yangi davri: AKFA universiteti Central Asian University (CAU)ga o‘zgartirildi
16:50 / 16.06.2023
AKFA universitetida grant olish imkoniyatlari: muvaffaqiyatli ta’lim uchun moliyaviy yordam
20:00 / 21.04.2021
AKFA Universiteti Times Higher Education Impact Ranking reytingiga kirdi
20:00 / 03.03.2021