Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘afur G‘ulom ko‘krak nishoni ilk marta egalariga topshirildi
Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan G‘afur G‘ulom uy-muzeyi otaliqqa olingan va adib ijodini keng targ‘ib qilish maqsadida G‘afur G‘ulom nomidagi ko‘krak nishoni ta'sis etilgandi. 11 sentabr kuni ilk marta nishonni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘krak nishoni bilan birinchilardan bo‘lib G‘afur G‘ulom nomidagi uy-muzeyi direktori Olmos Ahmedova hamda muassasaning ilmiy xodimi Lutfulla Ilhomjonov taqdirlandi.

Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan tadbirda TDYuU rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari, adabiyotshunos olimlar, talabalar ishtirok etdi. Mehmonlar G‘afur G‘ulom haykali poyida to‘planib, ulug‘ adib xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
— Bunday tashabbus G‘afur G‘ulomni jahon uzra tanitishga yordam beradi, — qayd etdi uy-muzey direktori Olmos Ahmedova. — Yurtimizda otamning ijodiga yuksak e'tibor qaratilayotganidan bag‘oyatda xursandman. Bugun ko‘ksimga taqilgan G‘afur G‘ulom nomidagi ko‘krak nishoni qalbimni faxrga to‘ldirdi. Ezgu sa'y-harakatlari uchun Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasiga samimiy minnatdorlik bildiraman.


Eslatib o‘tamiz, G‘afur G‘ulom nomidagi ko‘krak nishoni bilan o‘qish va ijodda faol talabalar hamda TDYuU professor-o‘qituvchilari taqdirlanadi. Istisno tariqasida mukofot hamkor tashkilotlar vakillariga ham berilishi mumkin. Ko‘krak nishoni sohiblari uchun bazaviy hisoblashning uch baravari miqdorida pul mukofoti berilishi ko‘zda tutilgan.
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi
Mavzuga oid
22:34 / 02.06.2023
«Shum bola» barcha davrlarning eng yaxshi bolalar kitoblari ro‘yxatiga kiritildi
16:19 / 20.05.2021
«Adiblar xiyoboni»da talonchilik qilib yurgan shaxslar ushlandi. Ular orasida 16 yoshli qiz ham bor
15:32 / 24.02.2021
Yozuvchilar uyushmasi: Adiblar xiyobonidagi gips haykallar olib ketilgan
11:54 / 05.09.2020