Yozuvçilar uyuşmasi axborot xizmati rahbari Fozil Farhodning ma'lum qilişiça, xiyobondagi adiblarning haykallari bronzaga ötkazilgaç, gipsdan yasalgan variantlari olib çiqib ketiş uçun boğning bir çetiga töplab qöyilgan bölgan.
2021 yil 11 fevral kuni uyuşma söroviga köra Özbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan bu gips haykallar olib ketilgan.
Badiiy akademiya rasmiylarining ma'lum qilişiça, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Haykaltaroşlik yönalişi talabalari mazkur haykallardan körgazmali vosita sifatida foydalanadi.
Eslatib ötamiz, Toşkentda Adiblar xiyoboni 2020 yil may oyi oxirlarida oçilgandi. Prezidentning 2017 yil 18 aprelda tegişli qarori qabul qilinib, xiyobonning me'moriy-ğoyaviy loyihasi işlab çiqilgan. Şundan söng 8 gektardan ziyod maydonda Adiblar xiyobonining yaxlit me'moriy ansambli yaratildi. Xiyobonni ğoyaviy-badiiy jihatdan yanada boyitiş maqsadida Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Çölpon, Qodiriy, Tölepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg singari atoqli namoyandalar xotirasiga bağişlangan yangi yodgorlik majmualari barpo etildi.

















