Qayd etilişiça, ular Omadbek A.ning faol qarşilik qilişiga qaramay, uning çöntagidagi hamyonini oçiqdan-oçiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan qoçayotganlarida uşbu hududda xizmat olib borayotgan qöriqlaş xizmati xodimlari tomonidan qölga olinganlar.

Tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida, uşbu jinoyatni 20 yoşli Doniyor I., 22 yoşli Azamat R., 19 yoşli Muhammadbobur O. va 16 yoşli Şahzoda X. sodir qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Çilonzor tumani böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Tergov harakatlari jarayonida uşbu şaxslar 2021 yilning 16 may kuni soat 12:00larda “Adiblar xiyoboni”da bölgan fuqaro 22 yoşli Şahzod T. Va tanişi, 16 yoşli Mahliyoxon A.ning yoniga kelib, ularga tegişli 2 500 000 sömlik “Samsung A-51” va 2 000 000 sömlik “Samsung-02S” rusumli telefon apparatlarini oçiqdan-oçiq talon-toroj qilganliklari aniqlanib, jabrlanuvçilar tomonidan tanib olinganlar.

Jinoyat işi doirasida Doniyor I., Azamat R., Muhammadbobur O. va Şahzoda X.ning boşqa jinoyatlarga aloqadorliklari aniqlanib, huquqiy baho berilişi ta'minlanadi, deyiladi xabarda.