Hujjat bilan:

  • Toşkent şahridagi Adiblar xiyobonidan samarali foydalaniş va ta'lim muassasalarida adiblar ijodini örganiş böyiça çora-tadbirlar rejasi;
  • Adiblar xiyobonida haykallari örnatilgan atoqli yozuvçi va şoirlarning hayoti va ijodini çuqur örganiş hamda tarğib qiliş böyiça oliy ta'lim muassasalarini biriktiriş röyxati;
  • Atoqli adiblar nomidagi maxsus stipendiyalar va kökrak nişonlari, 2020/2021 öquv yilidan boşlab ular bilan taqdirlaş mezonlari, stipendiyalarni tölaş muddatlari va miqdori, kökrak nişonlarining tavsifi töğrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Norma’ning yozişiça, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligiga tizimida oliy ta'lim muassasalari bölgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda biriktirilgan oliy ta'lim muassasalarida:

  • bir oy muddatda biriktirilgan atoqli adiblarning hayoti va ijodini çuqur örganiş hamda tarğib qiliş böyiça öquv-ma'rifiy tadbirlarni amalga oşiruvçi ijodiy guruhlar faoliyatini yölga qöyiş;
  • 2020/2021 öquv yilidan boşlab, ilmiy-adabiy maslahatçi lavozimini joriy etiş;
  • 2021/2022 öquv yilidan boşlab atoqli yozuvçi va şoirlarning hayoti va ijodini çuqur örganiş hamda tarğib qilişga boşqa oliy ta'lim muassasalarini ham jalb qiliş çoralarini köriş topşirildi.

 Şuningdek, qaror bilan ilmiy-adabiy maslahatçilarning vazifalari, çora-tadbirlar rejasini amalga oşiriş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş manbalari belgilangan.
 
Hujjat 25.08.2020 yildan kuçga kirdi.