Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekistonni qaytadan transformatsiya qildi” - Shahboz Sharif Shavkat Mirziyoyev haqida
25–26 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgan Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. “Agar adashmayotgan bo‘lsam, 2016 yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 42 foiz bo‘lgan, savdo ko‘rsatkichi ham past edi. Bugun kambag‘allik darajasi 8 foizga tushdi, investitsiyalar hajmi esa 30 milliardga yetdi. Shuning o‘zi katta mo‘jiza emasmi?!”, - dedi bosh vazir.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruviga kelgandan so‘ng mamlakatni qaytadan transformatsiya qilgani haqida gapirdi.
“Siz davlat boshqaruviga kelgan ilk kunlardan boshlab O‘zbekistonni qaytadan transformatsiya qildingiz. Siz jamiyatni qayta tikladingiz”, — dedi Pokiston bosh vaziri.
Shahboz Sharifning ta’kidlashicha, bunday natijalarga balandparvoz gaplar orqali erishilmaydi yoki yaxshi bir kengashni tashkil etish bilan hal bo‘lib qolmaydi.
“Mo‘jizalar aniq qarashlar, yuqori dinamika, tinimsiz mehnat va yakdil maqsad sari dadil intilish orqali paydo bo‘ladi. Men mana shunday ulug‘ sifatlarni sizda ko‘rdim”, — deydi u.
Avvalroq O‘zbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:59 / 06.02.2026
O‘zbekiston–Pokiston: savdo, investitsiya va logistika bo‘yicha yangi “yo‘l xaritasi” tayyorlanadi
22:47 / 05.02.2026
Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif samarali muzokaralar natijalarini yuqori baholadi
22:44 / 05.02.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokistondagi yetakchi universitetning faxriy doktori va professori bo‘ldi
21:40 / 05.02.2026