Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Pokistondagi yetakchi universitetning faxriy doktori va professori bo‘ldi
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekiston rahbariga bu haqdagi tegishli sertifikatni topshirdi.
Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida prezident Shavkat Mirziyoyevga Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universitetining faxriy doktori va professori unvonlarini berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekiston rahbariga bu haqdagi tegishli sertifikatni topshirdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu unvonlar O‘zbekiston yetakchisining ijtimoiy-iqtisodiy va ta’lim sohalaridagi islohotlar, mamlakatni izchil modernizatsiya qilish, fan va texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik hamda akademik aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun berildi.



Marosimda Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri, universitet rahbariyati va akademik hamjamiyatiga yuksak unvonlar uchun minnatdorlik bildirib, ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash muhimligini ta’kidladi.
1991 yilda tashkil etilgan Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universiteti ilmiy izlanishlar va innovatsion faoliyat, magistr va doktorlarni tayyorlash hamda sanoat va iqtisodiyot ehtiyojlariga mo‘ljallangan amaliy tadqiqotlarni olib borish kabi yo‘nalishlarni o‘zida mujassam etgan.
Mavzuga oid
14:24 / 08.04.2026
O‘zbekiston AQSh va Eron o‘rtasida tuzilgan sulhni olqishladi
06:22 / 08.04.2026
Tramp ikki haftalik sulh e’lon qildi
08:31 / 07.04.2026
O‘zbekiston va Pokiston yuqori texnologiyali dori ishlab chiqarishi mumkin
21:14 / 06.04.2026