Şavkat Mirziyoyev va Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif tor doirada va rasmiy delegatsiyalar iştirokida muzokara ötkazdilar. Bu haqda Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Özbekiston-Pokiston strategik şeriklik munosabatlarini yanada kengaytiriş va mustahkamlaşning barça yönalişlari körib çiqildi.

Suhbat avvalida Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif samimiy qabul uçun Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

Davlat rahbarlari keyingi yillarda köp qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Faol siyosiy muloqotlar, samarali parlamentlararo va idoralararo almaşinuvlar davom etmoqda.

2024 yilda tovar ayirboşlaş hajmi 400 million dollardan oşdi, qöşma korxonalar soni 130 taga yetdi. Karaçi va Toşkentda savdo uylari oçildi. Toşkent va Lahor örtasida töğridan-töğri aviaqatnovlar tiklandi.

Hukumatlararo komissiya yiğilişi, biznes forumlari va Özbekiston milliy sanoat körgazmasi muvaffaqiyatli ötkazildi.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qabul qilingan «yöl xaritasi» asosida tovar ayirboşlaş hajmini 2 milliard dollarga yetkaziş böyiça özaro muvofiqlaşgan çoralar köriş muhimligi ta’kidlandi.

Imtiyozli savdo töğrisidagi bitim doirasida tovarlar röyxatini kengaytiriş, fitosanitariya va karantin talablarini, bojxona tartib-taomillarini özaro soddalaştiriş, standartlarni yaqinlaştiriş, elektron savdo platformalarini integratsiya qiliş, xaridlarda iştirok etiş imkoniyatini ta’minlaş, banklararo hisob-kitoblar mexanizmlarini takomillaştiriş va boşqalar ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.

Yetakçi kompaniyalarning farmatsevtika, elektrotexnika, qişloq xöjaligi maşinasozligi, geologiya va mineral resurslar, töqimaçilik, çarm sanoati va boşqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş rejalari körib çiqildi.

Hududlar örtasidagi işbilarmonlik va madaniy aloqalarni rağbatlantiriş maqsadida davlatimiz rahbari Özbekistonda ikki mamlakat hududlari forumini ötkazişni taklif etdi.