Tadbirda ikki mamlakatning 300 dan ortiq yetakçi sanoat korxonalari va savdo kompaniyalari, tarmoq taşkilotlari hamda işbilarmon doiralar vakillari iştirok etdi. Pokiston tomonidan PEL, Waves Singer, Fauji, Engro, Fatima Group, Pakistan Steel Mills, Fast Cables kabi yirik kompaniyalar ham qatnaşdi.

Davlat rahbari öz nutqida oliy darajadagi muzokaralar Özbekiston–Pokiston munosabatlarini, ayniqsa savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy yönalişlarda rivojlantirişda yangi bosqiçni boşlab berganini ta’kidladi. Şuningdek, hamkorlik tarixida ilk bor iqtisodiy şeriklikni çuqurlaştiriş va savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazişni közda tutuvçi bayonnoma imzolangani qayd etildi.

Ikki mamlakat mutasaddilariga hamkorlik böyiça kompleks “yöl xaritasi” işlab çiqiş hamda yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal etiş mexanizmini joriy qiliş topşirildi.

Prezident iqtisodiy şeriklikning ustuvor yönalişlarini sanab ötdi. Jumladan, farmatsevtika va tibbiyot, yengil sanoat, kon-metallurgiya va geologiya, oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida hamkorlikni kengaytiriş muhim ekani ta’kidlandi. Pokiston kompaniyalari Özbekistonda dori vositalari, biotexnologiyalar va tibbiy asbob-uskunalarni mahalliylaştiriş loyihalariga taklif etildi. Toşkent farmatsevtika parkida pokistonlik investorlar uçun qulay şaroitlar yaratilişi aytildi.

Yengil sanoatda xalqaro brendlar uçun tayyor töqimaçilik mahsulotlarini birgalikda işlab çiqarişda katta salohiyat borligi qayd etildi. Özbekiston tomoni töqimaçilik korxonalarini işonçli boşqaruvga beriş, şuningdek pokistonlik hamkorlar uçun alohida çarm sanoati zonalarini taşkil etişga tayyor ekani bildirildi.

Qişloq xöjaligida göşt, kartoşka va guruçni birgalikda yetiştiriş, uruğçilik va seleksiya yönalişida Pokiston Milliy genomika instituti bilan şeriklik istiqbollariga e’tibor qaratildi.

Transport-logistika sohasida özaro boğliqlikni kuçaytiriş savdo hajmini oşirişning muhim şarti ekani ta’kidlandi. “Pokiston–Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston” yönalişi böylab yuk taşiş yölga qöyilgani, Lahor va Islomobodga aviaqatnovlar amalga oşirilayotgani, Transafğon temiryöli loyihasi ilgari surilayotgani aytildi. Aprel oyidan Karaçiga yuk reyslari va Lahorga töğridan töğri yölovçi reyslari yölga qöyilişi rejalaştirilgan.