Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda paxta dalalari maydoni qisqartiriladi
2017 yil 4 oktabr kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining 12-yalpi majlisi o‘tkazildi. Unda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan «Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlashga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama qilindi. O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori Shuhrat Teshayev senatorlarga bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
«2016 yil hosilidan boshlab kelgusi 5 yil davomida paxta maydonlarini 185 ming gektar yoki 14,5 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan. Ushbu paxtadan bo‘shagan maydonlarga, sabzavot, poliz, yem-xashak moyli va dukkakli ekinlar va kartoshka ekish hamda intensiv bog‘lar va tokzorlar barpo etish rejalashtirilgan. Natijada 2020 yilga kelib, meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz ekinlarini yetishtirishni kamida 2,3 baravarga oshirishga erishiladi. 3 yil mobaynida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish 3 baravar oshishi ta'minlanadi», — degan vazir o‘rinbosari.
Mavzuga oid
19:30 / 27.02.2026
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi
21:55 / 14.02.2026
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
17:19 / 05.02.2026
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejasini taqdim etadi
16:42 / 05.02.2026