Sport | 21:04 / 21.04.2018
16885
1 daqiqa o‘qiladi

Shahram va Murodjonning Amerikadagi janglari to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi

Foto: sports.uz

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi va «Uzbek Tigers»ning sobiq a'zolari Murodjon Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov professional ringdagi navbatdagi janglarini Nyu-Yorkda o‘tkazishadi. Bu haqda Sports.uz yozmoqda.

«The Real Deal Boxing» va «Mir boksa» kompaniyalari tomonidan tashkillashtiriladigan boks kechasi «Kings Theater» arenasida 21 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan 22 aprel kuni tonggi soat 06:00 da boshlanadi. Mazkur janglarni Sport TV to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilishni rejalashtirgan.

Har ikki bokschimizning janglari 6 raunddan iborat etib belgilangan. Shahram G‘iyosov (1-0-0, KO1) vengriyalik Gabor Gorbiks (24-10-0, KO14) bilan kuch sinashsa, Murodjon Ahmadaliyev (1-0-0, KO1) argentinalik Karlos Kaston Suaresga (7-4-3, KO2) qarshi ringga ko‘tariladi.

Mavzuga oid