Bugun, 14 sentabr kuni Yaponiyada katta professional boks oqşomi bölib ötadi. Oqşomdagi asosiy jang eng yengil vazndagi mutlaq jahon çempionligi uçun ötkaziladi: yaponiyalik Naoya Inoue öz çempionlik kamarlarini Murodjon Ahmadaliyevdan himoya qiladi. Va bu jangni ötkazib yuborib bölmaydi, hatto tunda Kanelo va Krouford örtasidagi qarama-qarşilikni kuzatiş uçun uxlagan bölsangiz ham. Boks turniri allaqaçon boşlangan, Inoue va Ahmadaliyev yaqin vaqtlar içida ringga çiqadi.
Jang ZörTV telekanalida jonli efirda namoyiş etiladi.
Birinçi sabab — Inoue yana finiş qiladimi?
Naoya Inoue zamonaviy boksdagi eng xavfli «muxaç» hisoblanadi. Yaponiyalik qanday vazn toifasida iştirok etmasin, doimo raqibini nokaut qilişni közlaydi. Profi boksda 30 jang, 30 ğalaba, 27 finiş – hatto oğir vaznli boksçilar ham havas qiladigan fenomenal statistika. Monstr laqabli yaponiyalik tört yildan buyon heç bir raqibi bilan jangni muddatidan oldin yakunlamagan Kanelodan farqli ravişda olti yildan buyon nokautlar evaziga ğalaba qilib kelmoqda, u Inoue töliq ötkazişga töğri kelgan oxirgi jang 2019 yil Jahon boks superseriyasi finalida filippinlik Nonito Donerga qarşi jang bölgandi. Şunday ekan, Naoya bu safar ham finiş qilişga harakat qiladi, qolaversa, u öz uyida, muxlislar köz öngida ringga çiqadi.
Ikkinçi sabab — yaponiyalik katta vaznga kötarilmoqçi
Inoue – Turki Al aş-Şayxning yulduzlaridan biridir, saudiyalik sport arbobi uning uçun katta rejalar tuzgan. Köpçilik kiçik divizionlarda kuçli va yulduzli raqiblar yöq deb hisoblaydi, bu esa yaponiyalikning obrösiga ta’sir körsatadi. Turki esa yaponiyalikni yuqori vazn toifalariga olib çiqişni közlagan. Oldingi jangda ham kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan taqdirda Inoue katta ehtimol bilan, kamarlarini vakant qilib qoldiradi va yarim yengil vazn divizioniga yöl oladi, u yerda uni britaniyalik yengilmas çempion Nik Boll kutmoqda – va bu çinakamiga katta jang böladi. Şundan keyin uni Jyervonta Devis bilan ham töqnaştiriş mumkin.
Uçinçi sabab — Inoue tajribali havaskorlar bilan jang qilmagan
Inouening olimpiya boksidagi karerasi öxşamagan: 2011 yilda u London Olimpiadasiga borişga harakat qilgan, ammo Ostonadagi saralaş turniri finalida qozoğistonlik Birjan Jakipovga yutqazgaç, professional boksga ötib ketgan. Naoining karerasida havaskor boksdagi kabi bekgraundga ega raqiblar ham bölgan: masalan, Stiven Fulton. Ammo u hali tajribali havaskor boksçi ötmişiga ega raqib bilan jang qilmagandi. Ahmadaliyevda esa bu borada ulkan tajriba va ajoyib natijalar bor: u 2016 yilgi Rio-de-Janeyro Olimpiya öyinlarida bronza, 2015 yil Dohada ötkazilgan jahon çempionatida hamda 2015 yil Bangkokda ötkazilgan Osiyo çempionatida kumuş, 2017 yil Toşkentda ötkazilgan Osiyo çempionatida esa oltin medalni qölga kiritgan. Öz navbatida, professional boksda Inouening tajribasi köproq, u özbekistonlik raqibiga qaraganda ikki baravar köproq jang ötkazgan (Ahmadaliyevda 15 jang).


















