Özbekistonlik boksçining mutlaq jahon çempioni, yengilmas Naoya Inouega qarşi imkoniyatlari qanday?

14 sentabr kuni Yaponiyaning Nagoya şahridagi «IG Arena»da professional boks oqşomi ötkaziladi. Turnirning asosiy voqeasi ikkinçi yengil vazn toifasida (-55,2 kg) amaldagi mutlaq jahon çempioni, bugungi kundagi eng maşhur yaponiyalik boksçi Naoya Inouening titul himoyasi uçun ringga kötarilişi böladi. Unga bu gal özbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev raqiblik qiladi.

Yil jangi

Bu özbekistonlik boks ixlosmandlari uçun Isroil Madrimovning 2024 yil avgustida Terens Kroufordga qarşi ötkazgan jangi bilan bir maqomdagi tarixiy katta jang hisoblanadi.

Naoya Inoue – hozirda dunyoning eng nomdor va kuçli boksçilaridan biri hisoblanadi. U professional boksda törtta vazn toifasida titullarni qölga kiritgan, ikki vazn toifasida mutlaq jahon çempioniga aylanib, boks tarixida bu borada Terens Krouforddan keyingi ikkinçi boksçi bölgan, keyinroq ularning kampaniyasiga Oleksandr Usik ham qöşildi. Ya’ni bugungi kunda şu uç boksçi jahonning eng kuçli boksçilari sanaladi. Nufuzli The Ring jurnalining Pound for pound reytingida ham Inoue Usik va Krouforddan keyin uçinçi örinda qayd etilgan.

Yaponiyalik boksçi kiçik vazn toifasiga xos bölmagan tarzda nokaut maşinasiga aylangani ham e’tiborga molik. U profi boksda şu vaqtgaça 30 jang ötkazib, barçasini ğalaba bilan yakunlagan, 27 ta jangda raqiblarni nokautga uçratgan.

Inoue Saul «Kanelo» Alvares yoki Tayson Fyuri darajasidagi jahon superyulduziga aylanişi mumkin edi, ammo aksar janglarini AQŞ yoki Yevropada emas, vatani Yaponiyada ötkazadi. Şunga qaramay, Naoining janglari doimo diqqat markazida böladi va köplar uni zamonaning eng yaxşi boksçisi deb ataydi.

Kamtar «Monstr»

Foto: Hiro Komae/AP/TASS

Naoya Inoue 32 yoşiga qadar boksda katta yölni bosib ötgan. Yaponiyalik vunderkind bejiz «Monstr» laqabini olmagan. U havaskor boksdaligidayoq özining tajovuzkor uslubi hamda jismoniy imkoniyatlari bilan boşqalardan ajralib turardi va uning kelajagi porloq bölişiga heç kim şubha qilmasdi.

Inoue havaskor boksda 18 yoşigaça 81 ta jang ötkazişga ulgurgan va 75 jangda ğalaba qozongan. Havaskor boksda raqibni nokautga uçratiş kamyob hodisa, lekin Inoue uçun bu qoida işlamaydi, u 48 jangni muddatidan oldin öz foydasiga hal qilgan. Taqqoslaş uçun, Deontey Uaylder havaskor boksdagi 24 ğalabadan faqat törttasida raqiblarini nokautga uçratgan, Entoni Joşuada bu körsatkiç – 45 jangda 25 taga teng.

Inoue 2012 yil Londondagi Olimpiya öyinlarida qatnaşişi mumkin edi, ammo Ostonadagi saralaş turniri finalida qozoğistonlik Birjan Jakipovga yutqazgaç, havaskor boksga qöl siltaydi va professional boksga ötib ketadi. Va 13 yildan buyon jahon arenalarida yengil vazn toifalarida unga teng raqib topilmayapti. Bu vaqt içida u 22 bor jahon çempionligi tituli uçun jang qilib, barçasida ğalaba qozongan.

Ahmadaliyevda imkoniyat bormi?

Foto: Christian Petersen/Getty Images

Murodjon Ahmadaliyev Naoya Inouega qarşi ikki yil oldin ringga çiqişi mumkin edi. Ekspertlar öşandayoq Ahmadaliyev yaponiyalik pançerga jiddiy raqobat körsata olişini aytişgan. Murodjon 2023 yilga qadar WBA va IBF kamarlari sohibi edi. Ammo 2023 yil aprelida u filippinlik Marlon Tapalesga qarşi himoya jangida hakamlarning bahsli qarori tufayli yutqazib qöyadi. Natijada Inouega qarşi mutlaq jahon çempionligi uçun jang qiliş huquqini Tapales qölga kiritadi, 2023 yil dekabrida ötkazilgan jangning 10-raundida nokautga uçrab yutqazadi.

Tabiiyki, Naoya navbatdagi himoya jangida ham favorit hisoblanmoqda. Ammo u qadar yaqqol emas. Ahmadaliyev – Tapales yoki boşqa raqiblardan farqli ölaroq, mutlaq jahon çempioni qarşisiga butkul boşqaça vazifalar qöyadigan boksçidir. Özbekistonlik sportçi professional ringda Inouega (30) qaraganda ikki barobar kamroq jang (15) ötkazgan, ammo havaskor boksda katta natijalarga erişgan, jahon çempioni va Olimpiada sovrindoriga aylangan. Murodjon oyoqda yaxşi işlaydi, keraksiz zarbalar almaşinuviga kirişmaydi va faqat özining total ustunligini his qilgandagina hal qiluvçi zarbani berişga harakat qiladi. U öz janglarida sönggi raundgaça kuç saqlab qoladi.

U faoliyati davomida nokautga uçramagan, uni nokdaun holatiga tuşiriş ham oson iş emas. Şu bilan birga, yaponiyalik boksçi ringga yiqilib turadi. 2019 yil Butunjahon boks superseriyasi finalida esa filippinlik Nonito Doner uni qattiq savalagan, burni singan, közi kökarib ketgan, ammo iroda körsatib, yakunda hakamlar qaroriga köra ğalaba qozongan.

U sönggi vaqtlarda ham yuqori vazn toifasiga ötişi munosabati bilan zarbasi kuçliroq raqiblarga jang qilişiga töğri kelmoqda, oçiq jang ötkaziş uslubi tufayli qiynalmoqda va nokdaun holatiga tuşib qolmoqda. Xususan, 2024 yil mayida meksikalik Luis Neri, 2025 yil mayida esa boşqa bir meksikalik Ramon Kardenas uni nokdaun holatiga tuşirdi, ammo ikki holatda ham yaponiyalik boksçi jangni davom ettiriş uçun özida kuç topdi va yakunda bu raqiblarni nokautga uçratdi. Şuning uçun, Murodjon dastlabki raundlarda şunday imkoniyatga ega böladigan bölsa, tezda finiş qilişi kerak böladi.

Qolaversa, özbek boksçisining çapaqayligi ham ahamiyatga ega bölişi mumkin. Inouening karerasida çapaqay raqiblar bölgan va yaponiyalik boksçi doim bunday raqiblarga qarşi qiynalgan.

Bundan taşqari, Ahmadaliyevning yuqori darajadagi intizomi va janglarga töğri yondaşuvini ham ta’kidlaş joiz. Misol uçun, boksçi Inoue bilan jangdan deyarli bir oy oldin, iqlimga moslaşişga maksimal darajada ulguriş uçun Yaponiyaga köçib ötdi.

Inouening özi ham uni faoliyatidagi eng oğir sinovlardan biri kutayotganini tan olgan. U tasavvur qiliş mumkin bölgan eng kuçli da’vogarlardan biri uning oldiga kelişini juda yaxşi his qilib turibdi. Jang juda «qaynoq» keçişi kutilmoqda – Murodjon amalda heç narsa yöqotmaydi, qolaversa, özbekistonlik mutlaq jahon çempioni bilan bunday maqomli jangni ançadan beri kutayotgandi.

Gonorarlar

Örtaga WBC, WBO, IBF, WBA (Super) va The Ring yönalişlari böyiça jahon çempionlik kamarlari qöyilgan.

Bundan taşqari, boksçilar katta miqdorda gonorarga ega böladi – jang mukofot jamğarmasi 20 mln dollarni taşkil etadi. Jang natijasidan qat’i nazar Inoue 75 foiz, Ahmadaliyev 25 foiz uluşga ega böladi. Ya’ni Inoue 15 mln dollar gonorar va translatsiyadan 4 mln dollar miqdorida daromadga (Pay-per-view) ega böladi. Ahmadaliyev uçun 5 mln gonorar hamda 1 mln dollar PPV uluşi közda tutilgan.

Natijada, Murodjon Ahmadaliyev jami 6 mln işlab oladi. Bu uning professional faoliyatidagi eng katta gonorari hisoblanadi.

Albatta, «Monstr»ning kuzirlari köproq. U tajriba darajasi, şu jumladan, çempionlik darajasi böyiça da’vogardan yaqqol ustun. U özbekistonlik raqibidan köra maşhurroq bölgan raqiblarini osonlik bilan yakson etgan. Qolaversa, uyda devorlar va hakamlar ham yordam beradi. Ammo Ahmadaliyevda imkoniyat bor va u kamida raqobatli jang körsatadi. Va bu jangni ötkazib yubormaslik kerak.