14 sentabr kuni Yaponiyaning Nagoya şahridagi «Aiti Interneşnl — Ay-Ji Arena»da ikkinçi yengil vazn toifasida (-55,3 kg) mutlaq jahon çempioni, yaponiyalik Naoya Inoue Özbekiston vakili, WBA liniyasi böyiça majburiy da’vogar Murodjon Ahmadaliyevga qarşi titul himoyasi jangini ötkazdi.
Dastlabki raundlarda teng kuraş keçdi. Törtinçi raunddan Ahmadaliyev hujumkorlikni oşirib, bir neça aniq zarbalar yölladi. Ammo tajribali raqib özini yöqotmadi va xavfli qarşi hujumlari bilan ustunlikni saqlab qoldi.
Jang töliq 12 raund davom etdi va yakunda barça hakamlar yaponiyalik yulduz boksçining ğalabasini qayd etişdi. Arbitrlardan biri faqat uç raundni, yana ikkisi ikkitadan raundni Murodjon hisobiga yozişgan.
Şu tariqa, «Monstr» laqabli yaponiyalik boksçi professional ringdagi ğalabali seriyasini davom ettirdi – 31 jangda 31 ğalaba, 27 tasi nokaut bilan. U oxirgi bor 2019 yilda, Jahon boks superseriyasi finalida filippinlik Nonito Donerga qarşi töliq 12 raundlik jang ötkazgan, şundan keyingi barça raqiblarini muddatidan oldin mağlub etgandi.
Murodjon uçun bu profi boksda 16 jangdagi ikkinçi mağlubiyat böldi.
Ma’lumot uçun, Inoue The Ring jurnalining P4P reytingida uçinçi örinda qayd etilgan: undan oldinda faqat Oleksandr Usik va Terens Krouford joylaşgan.

















