Jahon | 15:07 / 08.08.2018
15177
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyada Putinning shaxsiy aralashuviga ehtiyoj borligini ma'lum qilishdi

Foto: RIA Novosti / Vladimir Trefilov

Liviya milliy armiyasining rasmiy vakili, brigada generali Ahmad al-Mismariyning ma'lum qilishicha, Liviya inqirozini hal qilish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shaxsiy aralashuvi kerak. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Al-Mismariyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya diplomatiyasi Liviya hududidagi inqirozni hal qilishda muhim rol o‘ynashi kerak.

«Liviya muammosi ham Rossiya va shaxsan prezident Putinning aralashuviga muhtoj. Bunda Liviya arenasidan xorijiy o‘yinchilarni olib tashlash kerak», - deya aytib o‘tdi al-Mismariy.

Uning aniqlik kiritishicha, gap Italiya, Turkiya va Qatar kabi xorijiy o‘yinchilar haqida ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin va Tramp muzokaralarining yangi tafsilotlari ma'lum bo‘lgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid