RFI’ning ikki nafar liviyalik manbasiga köra, ukrain harbiylari Liviyaning ğarbiy qismidagi uçta obektda joylaşgan.

Birinçi — Misratadagi aviabaza. U yerda Turkiya, Italiya va AQŞning Afrika qömondonligi bölinmalari, şuningdek Britaniya razvedka markazi joylaşgan. Ikkinçi obekt — Zaviya şahrida bölib, havo va dengiz dronlarini işga tuşiriş uçun töliq jihozlangan. Uçinçi obekt — Tripoli aeroporti yaqinidagi Liviya armiyasining 111-brigadasi ştabi. U yerda ukrain kuçlari va Liviya armiyasi örtasida muvofiqlaştiruv uçraşuvlari ötkaziladi.

Suriştiruvda aytilişiça, Tripoli hukumati ukrain mutaxassislariga dengizga töğridan töğri çiqiş imkoniga ega bölgan yer uçastkasini bergan. U yerda 2025 yil kuzida uçiş-qöniş yölaklari qurilgan.

RFI manbalariga köra, mart oyi boşida Liviya sohillaridan turib Rossiyaning Arctic Metagaz gaz taşuvçi kemasiga hujum qilingan. Bu haqda avval Rossiya transport vazirligi ham ma’lum qilgan edi.

Ma’lumotlarga köra, kema Ukrainaga tegişli Magura V5 dengiz droni orqali, Zaviyadagi baza hududidan işga tuşirilib zarba berilgan. Natijada kemaning maşina bölimi suvga tölgan va kema töxtab qolgan.

Mualliflar bu Liviya yaqinidagi Rossiyaning “soyadagi floti”ga qarşi yagona hujum emasligini ta’kidlaydi. Xususan, 2025 yil 19 dekabr kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati manbasi AFP agentligiga Ukraina Örta Yer dengizidagi “neytral suvlar”da Rossiyaga tegişli Qendil neft tankeriga hujum qilganini bildirgan. RFI ma’lumotiga köra, bu dron Misrata şahridan uçirilgan va kema Liviya sohilidan 250 km uzoqlikda zarbaga uçragan.

Suriştiruvga köra, Tripoli hukumati Ukraina bilan hamkorlik töğrisidagi kelişuvni ötgan yil oktyabrida imzolagan. Bu taşabbus Ukraina harbiy attaşesi Andrey Bayuk tomonidan ilgari surilgan.

Kelişuvga muvofiq: Ukrainaga Liviyada vakolatxona oçişga ruxsat berilgan, evaziga Ukraina liviyalik harbiylarni, jumladan dronlardan foydalaniş böyiça öqitişi kerak

Uzoq muddatda bu hamkorlik qurol yetkazib beriş va Liviya neft sohasiga Ukraina investitsiyalarini ham öz içiga olişi mumkin.

Ayni paytda, na Ukraina rasmiylari, na Tripoli hukumati uşbu suriştiruvga izoh bergan.