Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Tramp muzokaralarining yangi tafsilotlari ma'lum bo‘ldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh yetakchisi Donald Tramp bilan muzokaralarda yadroviy qurolsizlanish va koinotda qurol ishlatishni taqiqlash masalasini ham muhokama etishni taklif qilgan. Bu haqda Politico «Rossiya hujjati»ga asoslanib xabar bermoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, ichida qurollar ustidan nazorat qilish ham bo‘lgan mavzular ro‘yxati muzokaralarda qatnashgan va ularga tayyorgarlik ko‘rgan shaxslar bilan bog‘liq manbalardan olingan.
Shuningdek, xabar berilishicha, Xelsinkidagi sammit yakunlariga ko‘ra, shuningdek, boshqa shunga o‘xshash muzokaralardan kelib chiqadigan bo‘lsa, Rossiya rahbari Moskva va Vashington o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga qaramasdan, yadro quroli bo‘yicha kelishuvlarni saqlab qolish tarafdori bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiyevda sentabr oyini kutib turgan Putinning ssenariysi haqida gapirishgandi.
Mavzuga oid
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
17:14 / 03.07.2026
Putinning reytingi yana pasaymoqda
19:04 / 30.06.2026