Hukumat Toshkentda ko‘p qavatli avtoturargohlar quradi
Buning uchun maxsus davlat muassasasi tashkil etiladi. Unga yer uchastkalari to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratiladi. Bu avtoturargohlar profilini o‘zgartirmaslik sharti bilan tadbirkorlarga beriladi.
Prezident “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining maxsus tashkil qilinadigan davlat muassasasiga yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratgan holda Davlat budjeti hisobidan yoki davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkent shahrida ko‘p qavatli avtoturargohlarni qurish va ularni tayyor biznes sifatida tadbirkorlik sub’yektlariga avtoturargoh profilini o‘zgartirmaslik sharti bilan sotish amaliyotini joriy etish haqidagi taklifi ma’qullandi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ko‘p qavatli avtoturargohlarni qurish bo‘yicha mazkur bandda nazarda tutilgan tartibni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Transport vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2023 yil yakuniga qadar Nukus shahri va viloyat markazlarida jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar rejalari va ularni amalga oshirish bo‘yicha manzilli dasturlar ishlab chiqilishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
16:37
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024