Prezident “Jamoat transporti tizimini isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining maxsus taşkil qilinadigan davlat muassasasiga yer uçastkalarini töğridan töğri ajratgan holda Davlat budjeti hisobidan yoki davlat-xususiy şeriklik asosida Toşkent şahrida köp qavatli avtoturargohlarni quriş va ularni tayyor biznes sifatida tadbirkorlik sub’yektlariga avtoturargoh profilini özgartirmaslik şarti bilan sotiş amaliyotini joriy etiş haqidagi taklifi ma’qullandi.

Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi Toşkent şahar hokimligi, Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda köp qavatli avtoturargohlarni quriş böyiça mazkur bandda nazarda tutilgan tartibni tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari Transport vazirligi hamda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi bilan birgalikda 2023 yil yakuniga qadar Nukus şahri va viloyat markazlarida jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomillaştirişga doir çora-tadbirlar rejalari va ularni amalga oşiriş böyiça manzilli dasturlar işlab çiqilişini ta’minlaydi.