Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abramov mavsum oxirigacha «Bunyodkor»da qoladi
Foto: Tribuna.uz
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Vadim Abramov 2019 yil oxiriga qadar «Bunyodkor»ni ham boshqarishda davom etadi.
«Vadim Abramov shartnomaga ko‘ra, yil oxiriga qadar «Bunyodkor» jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham faoliyat yuritadi. Ya'ni, bir vaqtning o‘zida ham milliy terma jamoa, ham «Bunyodkor» bosh murabbiyi bo‘lib ishlaydi.
Yil yakunida natijalarga qarab, klubdagi faoliyatini davom ettirish-ettirmasligi ko‘rib chiqiladi», – deb ma'lum qildi Toshkent klubi matbuot xizmati.
Hozircha O‘FA va Abramov o‘rtasidagi kelishuv tafsilotlari noma'lum.
Ma'lumot uchun, Karlenovich «qaldirg‘ochlar»ni shu yilning yanvarida qabul qilib olgan, u OKMK boshqaruviga o‘tgan Mirjalol Qosimovning o‘rnini egallagandi. Jamoa Superliga yakunlanishiga 6ta tur qolgan bir vaqtda 3-o‘rinda bormoqda. Ikkinchi pog‘onadagi «Lokomotiv» bilan oradagi farq 3 ochkoga teng.
O‘zbekiston Liga kubogidagi ishtirokini yakunlagan «Bunyodkor» 26 sentabr kuni O‘zbekiston kubogining bitta o‘yindan iborat yarim finali doirasida Olmaliqda OKMK mehmoni bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:40 / 16.10.2025
Sadriddin Hasanov dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari qatoriga kirdi
14:18 / 23.09.2025
«Bunyodkor» klubi murabbiyi vafot etdi
08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi
08:00 / 09.09.2024