«Bunyodkor» klubi ustozi Vadim Abramov Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi etib tayinlanadi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi ma'lum qildi.

«Milliy terma jamoamizda bundan buyon Vadim Abramov boş murabbiy sifatida faoliyat olib boradi. ÖFA Murabbiylar kengaşi yurtimizdagi taniqli mutaxassislardan biri sanaladigan Vadim Karlenoviç nomzodini ma'qulladi.

Bilasiz, Özbekiston milliy terma jamoasi uşbu mutaxassis boşçiligida Qatar yaşil maydonlarida ötgan Osiyo kubogi-2011da qit'a birinçiliklaridagi özining eng yaxşi natijasini qayd etgan. Şuningdek, milliy terma jamoamizning öşa yorqin öyinlari muxlislarimizning hali ham yodida.

Vadim Abramovga murabbiylar ştabida Özbekiston milliy terma jamoasi safida uzoq yillar muvaffaqiyatli öyin körsatgan va endilikda murabbiylik sohasida ham qisqa vaqt içida tez ösişga erişib, muxlislar işonçini qozonişga ulgurgan Timur Kapadze yordam beradi.

Şuningdek, özbek futboli muxlislariga yaxşi taniş bölgan avstraliyalik tajribali mutaxassis Mirko Yyeliçiç futbolçilarning jismoniy tayyorgarligi bilan şuğullanadi. Darvozabonlar bilan esa Denis Ivankov işlaşda davom etadi», – deyiladi rasmiy axborotda.

ÖFA xabarida 57 yoşli mutaxassisning «Bunyodkor» boş murabbiyi lavozimidagi kelgusi faoliyati böyiça ma'lumot berilmagan. Öz navbatida klub ham hozirça bu haqda bayonot bergani yöq.

Mavzu davomi:

Abramov mavsum oxirigaça «Bunyodkor»da qoladi

Abramov «qaldirğoçlar»ni şu yilning yanvarida qabul qilib olgan, u OKMK boşqaruviga ötgan Mirjalol Qosimovning örnini egallagandi. Jamoa Superliga yakunlanişiga 6ta tur qolgan bir vaqtda 3-örinda bormoqda. Ikkinçi poğonadagi «Lokomotiv» bilan oradagi farq 3 oçkoga teng.

Özbekiston Liga kubogidagi iştirokini yakunlagan «Bunyodkor» 26 sentabr kuni Özbekiston kubogining bitta öyindan iborat yarim finali doirasida Olmaliqda OKMK mehmoni böladi.

Eslatib ötamiz, bugun milliy jamoani bir yildan oşiqroq vaqt boşqarib kelgan argentinalik Ektor Kuper bilan şartnoma ikki tomonning kelişuvi asosida bekor qilingani haqida xabar berilgan edi.

Özbekiston milliy jamoasi navbatdagi öyinini JÇ-2022 saralaşi doirasida 10 oktabr kuni Toşkentda Yamanga qarşi ötkazadi, 15 oktyabrda esa safarda Singapurga qarşi öynaydi.

Çet ellik murabbiy. Kuperning iste'fosi haqida


Kuper aybdormidi? Faqat Kupermi?