Toşkentning “Bunyodkor” klubi hujumçisi Sadriddin Hasanov Britaniyada çop etiladigan The Guardian gazetasi versiyasiga köra dunyo futbolidagi eng yaxşi yoş iste’dodlar röyxatiga kirdi.
Röyxatga 2008 yilda tuğilgan jami 60 nafar ösmir futbolçi kiritilgan.
The Guardian Sadriddin Hasanovga quyidagiça ta’rif bergan:
“Özbekiston aprel oyidagi U-17 Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistoni bilan birinçi taymdan keyin 0:0 hisobida durang qayd etayotgan, lekin ikkita qizil kartoçkadan keyin 9 kişi bölib qolgan edi. Hasanov maydonga tuşdi, jamoani 2:0 hisobidagi ğalabaga ruhlantirdi va özi ham gol urdi. U jami törtta goli bilan, musobaqaning eng yaxşi öyinçisi deb topildi.
Hasanov çap qanotdan yorib kirişni yoqtiradi. Tezkor, kuçli, intiluvçan. Ğoliblik ruhiyatiga ega. Allaqaçon Turkiyaga ketişi haqida miş-mişlar tarqalgan – agar Osiyoda yilning eng yaxşi öyinçisi deb e’tirof etilsa (u OFKning şortlistiga kiritilgan), tez orada unda boşqa variantlar ham paydo bölişi mumkin”.
Eslatib ötamiz, Osiyo çempionatidagi ğalabadan keyin Kun.uz Sadriddin Hasanovning ota-onasi bilan suhbatlaşgan edi.
“Biz işonardik, çunki öğlim menga, albatta, kubokni olib kelamiz ona, deb va’da berib ketgandi”, – degandi uning onasi Dilfuza Rahmatullayeva.
Hasanovni noyabr oyida Qatarda bölib ötadigan U-17 Jahon çempionati kutmoqda. Osiyo çempionlari guruh bosqiçida Paragvay, Irlandiya va Panamaga qarşi maydonga çiqadi.
- The Guardian röyxatidan, şuningdek, qozoğistonlik forvard Dastan Satpayev ham joy olgan. Hozirda “Qayrat” klubida öynayotgan Satpayevni 4 mln yevroga Angliyaning “Çelsi” klubi sotib olgan. U Londonga 2026 yil yozida köçib ötişi kutilmoqda.












