«Bunyodkor» futbol klubida yordamçi murabbiy lavozimida işlab kelgan Sergey Arslonov 61 yoşda vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Tojikistonlik murabbiy futbolçilik faoliyati davomida «Pomir» (Tojikiston), «Kuban» (Rossiya) va «Navbahor» şarafini himoya qilgan, murabbiy sifatida «Qizilqum», «Dinamo» va «Bunyodkor» klublarini boşqargan.
U 2008 yilda Ahmad Ubaydullayevning yordamçisi sifatida Özbekiston U19 jamoasi bilan Osiyo kubogi va yoşlar örtasidagi 2009 yilgi jahon çempionatida iştirok etgandi.
U sönggi vaqtlarda Ilyos Zeytullayevning yordamçisi sifatida işlayotgandi.
Tribuna.uz manbasiga köra, murabbiy uç hafta avval oğir xastalikka uçragani ma’lum bölgan va tibbiy muolajalarga qaramay, 22 sentabr kuni vafot etgan.












